← Talimla

Maxfiylik siyosati

2026-yil 26-oktabr · 1-versiya

Bu sahifa Talimla ishlashi uchun qayta ishlanadigan ma’lumotlarni tushuntiradi.

Hisob ma’lumotlari

Telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tishda ism, familiya va telefon raqami hisobga bog‘lanadi. Telefon raqami kirish identifikatori sifatida ishlatiladi; tasdiqlash uchun SMS yuborilmaydi. Parolning o‘zi saqlanmaydi: server maxsus parol xeshini tekshiradi. Avvalroq email bilan ochilgan hisoblarda email manzili ham saqlanadi. Parolni unutsangiz, quyidagi manzil orqali administratorga murojaat qiling.

Telegram orqali kirishda Telegram tasdiqlagan foydalanuvchi identifikatori, ism va mavjud bo‘lsa username saqlanadi. Telefon raqamini berish talab qilinmaydi.

Botning Start xabari

Botga Start yuborganingizda xush kelibsiz xabari va ilovani ochish tugmasi yuboriladi. Takroriy javoblarni cheklash uchun xabar hodisasining raqami, yetkazish holati va vaqtlari 7 kun saqlanadi. Ushbu xizmat chat matni yoki chat identifikatorini bazaga yozmaydi.

O‘quv natijalari va to‘lovlar

Tanlangan va saqlangan kurslar, tugallangan darslar, shaxsiy qaydlar, administrator tasdiqlagan to‘lov miqdori, to‘lov raqami va obuna muddatlari bazada hisobingizga bog‘lanadi.

Xavfsizlik va sessiya

Hisobga kirish sessiyasi uchun HttpOnly cookie ishlatiladi. Takroriy kirish urinishlarini cheklash uchun qisqa muddatli hisoblagichlar yuritiladi; ulardagi kalitlar xeshlangan holda saqlanadi. Ro‘yxatdan o‘tishda shartlarga rozilik bergan vaqtingiz qayd etiladi.

Kim foydalanadi?

Platforma administratori hisoblar, to‘lovlar va obunalarni boshqarish uchun zarur ma’lumotlarni ko‘radi. Admin API parol xeshini qaytarmaydi. Hosting va ma’lumotlar bazasi Sites/Cloudflare infratuzilmasida ishlaydi. Telegram orqali kirish Telegram xizmatidan foydalanadi. Tashqi video yoki rasm ochilganda tegishli xizmatning qoidalari ham amal qiladi.

Profil rasmi

Profil rasmini o‘zingiz yuklasangiz, u WebP formatida himoyalangan xotirada saqlanadi va faqat sizga ko‘rsatiladi. Rasmni Profil bo‘limidan istalgan vaqtda olib tashlashingiz mumkin. Android ilovasi rasm tanlash uchun faqat siz tanlagan faylga kiradi.

Sertifikatlar

Sertifikat olishda rozilik berganingizdan so‘ng ismingiz, kurs nomi va sana ochiq tekshiruv havolasida ko‘rinadi. Email, telefon raqami va qaydlaringiz sertifikatda ko‘rsatilmaydi.

Hisobni o‘chirish

Hisobingizni ilova ichida o‘chirishingiz mumkin: Profil → Hisob xavfsizligi → Hisobimni o‘chirish. Parol bilan ochilgan hisob uchun joriy parol so‘raladi. O‘chirilganda profil (ism, email, telefon, Telegram identifikatori), profil rasmi, dars natijalari, qaydlar, sertifikatlar, obuna, to‘lov yozuvlari va sessiyalar darhol bazadan o‘chiriladi. Amal qaytarilmaydi. Ko‘rsatma: /delete-account.

Hisobingizga oid so‘rovlar va aloqa

Ma’lumotlarni tuzatish, parolni tiklash yoki hisobingizga doir boshqa so‘rovlar bilan anitonuz@gmail.com manziliga yozishingiz mumkin. Qurilmadan chiqish sessiyani bekor qiladi, o‘quv ma’lumotlari esa hisobda saqlanadi.